Avto

Haval Dargo Plus avtomobili 16 ming dollar narx bilan sotuvga chiqadi

15-sentabrdan
Haval
Foto: Haval

Xitoyda Haval Big Dog Plus nomi bilan tanilgan yangi Haval Dargo Plus avtomobili 15-sentabrdan sotuvga chiqariladi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Avtomobilning rasmiy narxlari $18 mingdan boshlanadi, biroq oldindan buyurtma davrida avtomobilni $15,7 mingdan xarid qilish mumkin. Yangi model yangilangan dizaynga ega. Unga yoritiladigan logotipli radiator panjarasi, qo‘shimcha himoya qoplamalari va ko‘p qirrali orqa chiroqlar avtomobilga zamonaviy ko‘rinish beradi. Salon minimalistik uslubda yaratilgan bo‘lib, unda 14,6 dyuymli markaziy displey va yangilangan uzatma dastagi joylashtirilgan.

Foto: Haval / Manba: ITHome

Texnik jihatdan Haval Dargo Plus gibrid tizimga ega. Asosiy dvigatelda 1,5 litrli benzinli motor (154 – 167 ot kuchi), unga qo‘shimcha ravishda 177 va 299 ot kuchiga ega elektromotorlar o‘rnatilgan. Elektrda yurish masofasi 50 dan 105 km gacha (NEDC sikliga ko‘ra).

Avtomobilning uzunligi 4705 mm, kengligi 1908 mm, balandligi 1780 mmni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi esa 2810 mmga teng.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Haval Dargo Plus avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.