Gadjetlar

iPhone 17 iPhone 16’dan qaysi jihatlari bilan ustun

Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladi
iPhone 17
iPhone 17 iPhone 16’dan qaysi jihatlari bilan ustun / Foto: Palach

Apple’ning yangi iPhone 17 modeli iPhone 16’ga qaraganda sezilarli yangiliklar bilan taqdim etildi. Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib, qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladi.

Ekran — iPhone 17 endi ProMotion texnologiyasiga ega, ya’ni 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, 1 Hz gacha tushira olishi tufayli Always-On Display funksiyasi ham ishlaydi. Ekran o‘lchami ham kattalashdi: 6,1 dyuymdan 6,3 dyuymga.

Chipset — yangi A19 protsessori o‘rnatilgan, u A18 ga qaraganda taxminan 20% tezroq ishlaydi. Operativ xotira 8 GB darajasida qolgan, lekin bazaviy xotira 128 GB’dan 256 GB’ga oshirilgan.

Kamera — asosiy modul o‘zgarmagan (48 + 12 MP), ammo old kamera endi 18 MP bo‘lib, Center Stage funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu videoqo‘ng‘iroqlar va selfilar sifatini oshiradi.

Batareya va quvvatlanish — avtonomlik 22 soatdan 30 soatgacha video ko‘rish darajasiga oshirilgan. Zaryadlash quvvati esa 20 Vt’dan 25 Vt’gacha ko‘tarilgan.

Texnologiyalar — yangi modelda ikki chastotali GPS moduli bor, bu aniqlikni oshiradi.

Smartfron nafaqat kuchliroq, balki iPhone 17 Pro va Pro Max modellari uchun ham jiddiy raqobatchi bo‘lib qoldi. Mutaxassislar bu model qisqa muddatda eng ommabop smartfonlardan biriga aylanishini kutmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi iPhone modellarining O‘zbekistondagi taxminiy narxlari ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Apple kompaniyasi yaqinda taqdim etgan iPhone 17 modellarining O‘zbekistondagi taxminiy narxlari aniq bo‘ldi. Kursiv Uzbekistan Malika bozorda faoliyat yuritadigan bir qancha savdo do‘konlari bilan suhbatlashdi.

Ularning ta’kidlashicha, 23-sentabr kuni yangi iPhone modellari O‘zbekistonga yetib keladi va sotuvda mavjud bo‘ladi. Sotuvchilar Kursiv Uzbekistan’ga taxminiy narxlarni taqdim qildi.