OPPO A6i smartfoni savdoga chiqdi

eʼlon qilindi
Qurilma MediaTek Dimensity 6300 protsessori bilan jihozlangan
OPPO A6i
OPPO A6i ilk bor savdoga chiqdi / Foto: ITHome

12-sentabr kuni JD.com savdo maydonida OPPO kompaniyasining yangi A6i smartfoni ilk bor sotuvga qo‘yildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Qurilma MediaTek Dimensity 6300 protsessori bilan jihozlangan va dastlabki narxi 799 yuan ($110) etib belgilandi.

Narxlar:

  • 6 GB RAM + 128 GB xotira: 799 yuan ($110);
  • 8 GB RAM + 128 GB xotira: 999 yuan ($140);
  • 8 GB RAM + 256 GB xotira: 1099 yuan ($155).

Smartfon ikki rangda taqdim etildi — Cloud White va Midnight Black. Qurilmaning qalinligi 7,99 mm, og‘irligi esa 194 g. Old panelida 1604×720 pikselli 120 Hz LCD displey (yorqinligi 1000 nitgacha) va 8 MP selfi kamera joylashgan. Orqa tomonida esa 50 MP asosiy va 2 MP qo‘shimcha kamera mavjud.

Ishlab chiqaruvchi ta’kidlashicha, OPPO A6i ultra zarbaga chidamli «olmos tuzilmasi» bilan ishlab chiqilgan va IP65 sertifikatiga ega. Qurilmada 300% super tovush, nam qo‘l bilan sensor ishlatish imkoniyati hamda tashqi rejim kabi funksiyalar mavjud.

Texnik imkoniyatlar:

  • Dimensity 6300 protsessori;
  • 6/8 GB LPDDR4X tezkor xotira;
  • 128/256 GB UFS 2.2 doimiy xotira;
  • 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator;
  • 45 Vt tezkor simli zaryadlash.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 7000 mA/soat batareyaga ega Oppo A6 Pro taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Oppo kompaniyasi tomonidan yangi Oppo A6 Pro smartfoni namoyish etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Qurilma OLED ekran bilan jihozlangan. 6,57 dyuym, Full HD+ aniqlik va 120 Hz yangilanish chastotasiga ega. Ekran 100% DCI-P3 rang makonini qamrab oladi, PWM chastotasi esa 2160 Hz.

Shuningdek