Oylik maosh $2,1 minggacha: Bolgariyada rasmiy ish o‘rinlari taqdim etilmoqda

eʼlon qilindi
Lavozimga qarab oylik maosh $527 – $2100ni tashkil etadi
Oylik maosh $2,1 minggacha: Bolgariyada rasmiy ish o‘rinlari taqdim etilmoqda / Foto: Viabona express

Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklarni Bolgariyaning yirik Glavbolgarstroy kompaniyasida brigada bo‘lib ishlashga taklif etmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Umumiy talablar quyidagilar: texnika xavfsizligiga rioya qilish, boshlang‘ich yoki o‘rta maxsus ta’limga ega bo‘lish, sudlanmaganlik va O‘zbekistondan chiqishga taqiq bo‘lmasligi.

Kompaniya ishchilarga bir qator imtiyozlarni taqdim etadi. Ular orasida aviachiptalar va transfer, ishchi vizasi, yotoqxona yoki hostelda yashash joyi, tibbiy sug‘urta, ish joyiga qatnov xarajatlarini qoplash kiradi. Shuningdek, yil yakunida qo‘shimcha mukofot beriladi. Shahar tashqarisida ishlaganlarga oyiga 100 yevro qo‘shimcha to‘lov ham to‘lanadi.

Batafsil ma’lumot havola orqali olish mumkin. Murojaat uchun telefon raqami: 71-202-33-55 (ichki 133). Nomzodlar tanlov asosida saralanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonidagi mehmonxonaga o‘zbekistonliklar ishga taklif qilingani haqida yozgan edik.

Shuningdek