O‘zbekiston notarial palatasi ISO xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
ISO 37001:2016 va ISO 9001:2016 sertifikatlari
Foto: O‘zbekiston Notarial palatasi matbuot xizmati

11-sentabr kuni O‘zbekiston Notarial palatasiga Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) ikki muhim xalqaro standarti — ISO 37001:2016 va ISO 9001:2016 sertifikatlari topshirildi. Bu haqda palataning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, ISO 37001:2016 sertifikati tashkilot faoliyatining korrupsiyadan holi va shaffof tamoyillarga asoslanishini tasdiqlaydi. ISO 9001:2016 esa xizmatlar sifati, mijozlar ehtiyojini qondirish hamda jarayonlarni doimiy takomillashtirish bo‘yicha talablarni belgilaydi.

Shuningdek, Notarial palata ushbu xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlarni qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi ilk nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda notariat tizimida yangi tartib va qulayliklar joriy etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek