O‘zbekistonda 130 yoshli momoning tug‘ilganligi rasman tasdiqlandi

Farg’ona viloyatining Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi 130 yoshli Huvaydo Umarovaning tug‘ilganlik fakti sud qarori bilan belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan «Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi» aksiyasi davomida «Qoraqum» MFYda yashovchi Huvaydo momoning tug‘ilishi hujjatlarda qayd etilmagani aniqlandi. Buvayda tumani adliya bo‘limi tomonidan sudga kiritilgan ariza qanoatlantirilib, 1895-yil 1-yanvarda tug‘ilgani rasman tasdiqlandi.

Shu tariqa Huvaydo momo O‘zbekiston tarixida eng yoshi ulug‘ inson sifatida tan olindi. Avval ham uning yoshi haqida turli ma’lumotlar bo‘lgan, ammo huquqiy tasdiq endi birinchi marta berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartiblar joriy etilgani haqida ma’lum qilgan edik.