Yangiliklar

O‘zbekistonda uch oy ichida deyarli 70 mingga yaqin haydovchi jarima ballarini oldi

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra
Haydovchilar o‘tgan
O‘zbekistonda uch oy ichida 60 mingdan ortiq haydovchi jarima ballarini oldi. Foto: Avtostrada.uz

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi uch oy ichida deyarli 70 mingga yaqin haydovchilar jarima ballarini oldi.

Shu davrda to‘rt nafar haydovchiga besh ball, 14 nafarga to‘rt ball, 129 nafarga uch ball, deyarli besh ming nafarga (4 976) ikki ball, 64 ming nafarga esa bir ball qo‘llangan. Shu bilan birga, 9,3 million haydovchi umuman jarima ball olmagan.

Qoidabuzarliklar tahliliga ko‘ra, 2024-yil iyun – avgust oylarida 285 ming qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 167 mingni tashkil etib, 58 foizga kamaydi. Shuningdek, haydovchi aybi bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari ham 531 tadan 338 taga tushib, 36 foizga kamaygan.

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimi 1-iyundan boshlab joriy etilgandi. Jarima ballari faqat YHXX (Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati) inspektori tomonidan rasmiylashtirilgan qarorlar asosida belgilanadi. Shuningdek, foto va videokameralar, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisobga olinmaydi.

Agar bir yil davomida 12 balldan ortiq jarima ballari to‘plangan haydovchilarni sudga oshirish va ularni transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish ko‘zda tutilgan. Bunday holatda huquqdan mahrum qilish muddati kamida 6 oy bo‘lishi kerak.

Avvalroq Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun berilgan jarima ballari haqida my.gov.uz portali orqali onlayn xabardor bo‘lish imkoniyati yaratilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu xizmat haydovchilarga o‘z jarima tarixini kuzatib borish va huquqiy oqibatlardan ogoh bo‘lishda yordam beradi.