Yil boshidan buyon O‘zbekistonga 11 mingga yaqin xorijlik talaba o‘qish maqsadida kelgan

eʼlon qilindi
2025-yilning yanvar–iyul oylarida
Turdosh yo‘nalishlar
Yetti oyda O‘zbekistonga 11 mingga yaqin xorijlik talaba o‘qish maqsadida kelgan. Foto: STV

2025-yilning yanvar–iyul oylarida 10,7 ming nafar chet ellik talaba o‘qish uchun O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki ming nafarga ko‘payib, 22,4 foizga oshgan.

Talabalarning eng katta qismi Turkmanistondan (3,2 ming) va Hindistondan (2,8 ming) bo‘lgan. Shuningdek, Tojikiston (1,2 ming), Xitoy (532), Janubiy Koreya (428), Pokiston (377), Qirg‘iziston (286), AQSh (254), Afg‘oniston (193) va Turkiyadan (181) ham talabalarning ma’lum qismi kelgan. Boshqa davlatlardan esa 1,2 ming nafar talaba O‘zbekistonda ta’lim olayotgani qayd etilgan.

Avvalroq 2024-yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgani haqida xabar berilgandi. Raqamlarga ko‘ra, 2024-yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgan. 2025-yilning dastlabki olti oyida esa 102 ta oliy ta’lim muassasasida 307 nafar talaba turli jinoyatlarga qo‘l urgan. Asosiy jinoyatlar yo‘l-transport hodisalari, o‘g‘rilik, tan jarohati yetkazish, bezorilik va firibgarlik bilan bog‘liq.

Oliy ta’lim muassasalari orasida Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ko‘proq holatlar kuzatilgan.

Shuningdek