
Samarqand viloyatining Samarqand tumani hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanalidan qora qum aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olayotgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari — 16 million 480 ming so‘m miqdorida jarima solindi.
Ekologiya boshqarmasi noqonuniy qazib olish holatlariga qarshi reydlarni davom ettirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqand viloyatida noqonuniy narkotik savdosiga chek qo‘yilgani haqida yozgandi.