Gadjetlar

Samsung Galaxy S23 seriyasi One UI 8 ikkinchi beta yangilanishini oldi

Dastlabki beta o‘tgan hafta tarqatilgan
Samsung Galaxy S23
Samsung Galaxy S23 seriyasi One UI 8 ikkinchi beta yangilanishini oldi / Foto: GSMArena

Samsung Galaxy S23 seriyasi Android 16 asosidagi One UI 8 interfeysining ikkinchi beta yangilanishini qabul qila boshladi. Bu haqda GSMArena nashri xabar bermoqda.

Dastlabki beta o‘tgan hafta tarqatilgan bo‘lsa, yangi versiya hozircha Hindiston va Janubiy Koreya foydalanuvchilari uchun taqdim etildi. Yaqin kunlarda boshqa mamlakatlarda ham yangilanish paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Ekran tasviri

Yangilanish hajmi qariyb 500 MB bo‘lib, u 2025-yil sentabr xavfsizlik patchi hamda bir qator xatoliklarni tuzatishlarni o‘z ichiga oladi. Beta dasturida qatnashayotgan foydalanuvchilar telefonlaridan «Sozlamalar > Dasturiy ta’minotni yangilash» bo‘limi orqali uni qo‘lda tekshirib yuklab olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni 45 vatt quvvatlash bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.