Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni 45 vatt quvvatlash bilan taqdim etiladi

12-sentabr 2025 10:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 Ultra
Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni 45 vatt quvvatlash bilan cheklanadi / Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan

Samsung kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni 45 vatt quvvatlash bilan cheklanishi ma’lum qilindi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Samsung muxlislari kutgan tezkor quvvatlash yangilanishi amalga oshmadi. Xitoyning 3C regulyatori Galaxy S26 Ultra (SM-S9480) uchun sertifikat chiqargan. Unda smartfon 10V/4,5A yoki 15V/3A parametrlari bilan atigi 45 vatt quvvatlashni qo‘llab-quvvatlashi ko‘rsatilgan. Bu ko‘rsatkich 2019-yilda chiqqan Galaxy S20 Ultra bilan bir xil.

Bundan tashqari, sertifikatga ko‘ra, batareya sig‘imi ham o‘zgarmaydi. Smartfon 5000 mA/soat bilan taqdim etiladi. Ko‘plab foydalanuvchilar kamida tezkor quvvatlashda yangilik bo‘lishiga umid qilgan edi, ammo bu safar ham kutgan natija bo‘lmadi.

Shuningdek, Galaxy S26 Pro va Galaxy S26 Edge modellari ham 25 vatt quvvatlash bilan cheklangan. Kamera sohasida ham katta o‘zgarishlar kutilmayotgani sababli, mutaxassislar Galaxy S26 Ultra muxlislar uchun unchalik jozibador bo‘lmasligi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, Galaxy S26 Ultra 200 MP asosiy kamera, 50 MP ultra keng burchakli kamera, 12 MP modul va 3x optik zoomli telefoto, shuningdek, 50 MP sensorli 5x optik zoomli telefoto kameralar bilan taqdim etiladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, S26 seriyasining barcha modellari Galaxy S25’dagi kabi 12 MP old kamera bilan chiqadi. Bu esa barcha kameralar yordamida 4K 60fps va asosiy hamda ultra keng burchakli linzalarda 8K 30fps video olish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan arzon narxdagi Samsung Galaxy F17 5G taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek