Samsung kompaniyasi rahbarining o‘g‘li AQSh fuqaroligidan voz kechdi

eʼlon qilindi
U 39 oy davomida harbiy-dengiz kuchlarida xizmat qiladi
Samsung kompaniyasi rahbarining o‘g‘li AQSh fuqaroligidan voz kechdi / Foto: Yonhap

Samsung Electronics raisi Li Chje-yongning o‘g‘li Li Ji-xo kelasi haftada harbiy-dengiz kuchlarida xizmatni boshlaydi. Bu haqda Yonhap ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Li Ji-xo AQSh fuqaroligidan voz kechib, 39 oy davom etadigan majburiy xizmatni o‘tashga qaror qildi.

2000-yilda AQShda tug‘ilgan va ikki fuqarolikka ega bo‘lgan Li Ji-xo 1-dekabr kuni dengiz flotida leytenant unvoni bilan xizmatni boshlashi rejalashtirilgan. Bu qaror yosh Li’ning mamlakat oldidagi burchini ado etishga bo‘lgan mas’uliyatini ko‘rsatadi.

Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, barcha sog‘lom yigitlar kamida 18 oy davomida harbiy xizmatni o‘tashlari shart. Shu tariqa, Samsung rahbarining o‘g‘li ham bu talabni bajarish orqali jamoatchilik e’tiborini tortmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning mashhur K-pop guruhi BTS a’zolari harbiy xizmatni yakunlagan edi.

Shuningdek