Toshkentda uy ijarasi kvadrat metri uchun o‘rtacha sakkiz dollarni tashkil etmoqda

eʼlon qilindi
Eng yuqori narx Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida
Uy-joy
O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy bozori to‘rt foizga qimmatlashdi / Foto: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

Avgust oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida 25 mingta uy sotildi. Oylik ko‘rsatkich 4,6 foizga pasaydi, biroq yil davomida bitimlar soni 13 foizga oshdi, deya xabar beradi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.

Hududlar kesimida eng ko‘p bitimlar Sirdaryo (34%), Xorazm (29%) va Surxondaryo (27%) viloyatlarida qayd etildi. Ikkilamchi bozor bo‘yicha mamlakat bo‘ylab narxlar oy davomida 1%ga o‘sdi, yillik o‘sish esa 4%ni tashkil etdi. Eng katta yillik narx o‘sishi Jizzax (14%), Surxondaryo (17%) va Sirdaryoda (10%) kuzatildi.

Poytaxtda vaziyat aralash: avgustda umumiy narxlar 2,3%ga pasaydi, lekin yillik o‘sish atigi 0,2%ni tashkil etdi. Birlamchi bozor esa yil davomida 0,7%ga o‘sdi; oylik hisobda esa ikkilamchi bozor 0,2%ga ko‘tarildi. Tumanlar bo‘yicha sezilarli pasayishlar Mirzo Ulug‘bek (-6,3%), Yashnobod (-4,4%) va Chilonzor (-4,6%)da qayd etildi. Yangi qurilish segmentida eng katta o‘sish Mirobod (6,6%), Yakkasaroy (3,6%) va Olmazor (2,6%) tumanlarida bo‘ldi.

Shuningdek, Toshkentda o‘rtacha ijara — bir kvadrat metr uchun $8, eng yuqori stavkalar Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroyda — o‘rtacha $10,3. Yillik jihatdan ijaralar 1,8%ga pasaydi, eng katta tushish Uchtepa, Chilonzor va Bektemirda kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qurilish vazirligi uy qurish uchun ruxsatnomaga pora berish bo‘yicha izoh bergan edi.

Shuningdek