
Vivo X300 va X300 Pro smartfonlari 13-oktabr kuni rasman taqdim etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Yangi model dunyoda birinchilardan bo‘lib Dimensity 9500 protsessorida ishlaydi. Vivo X300 6,31 dyuymli 8T LTPO BOE Q10+ ekran bilan chiqadi va o‘tgan yilgi X200 Pro Mini modelining vorisi bo‘ladi. Kattaroq X300 Pro versiyasi 6,78 dyuymli displeyga ega bo‘ladi.
Har ikkala model ham 50 MP old kamera bilan jihozlangan. Vivo X300’da asosiy kamera 200 MP Samsung HPB sensori va 50 MP Sony LYT-602 periskop kamera bilan taqdim etiladi. X300 Pro‘da esa asosiy sensor 50 MP Sony LYT-828 bo‘lib, unga 200 MP Samsung HPB periskop kamera hamroh bo‘ladi. Har ikkala modelda ham Samsung JN5 ultra-keng kamera bo‘lishi kutilmoqda.

Smartfonlar Android 15 asosidagi OriginOS 6 tizimida ishlaydi. Batareya hajmi rasmiy tasdiqlanmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, X300 6000 mA/soat, X300 Pro esa 6500 mA/soat batareya bilan chiqadi. Ularning ikkalasi ham 90 Vt simli quvvatlash va simli-simsiz zaryadlash imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, xavfsizlik uchun ultratovushli ekrandagi barmoq izi skaneri qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Vivo X200 FE smartfoni haqida yozgan edi.
Unga ko‘ra, Vivo X200 FE balandligi atigi 150,8 mm, vazni esa 186 gramm bo‘lib, uni qo‘lda ushlash va kundalik foydalanishda maksimal qulaylik yaratadi. Korpus IP69 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan hamda MIL-STD-810G sertifikatiga ega bo‘lib, yiqilish va zarbalarga ham chidamli.