Yangiliklar

Yangi ToshTech oliygohi, rekonstruksiyasi boshlangan «Bunyodkor», arzonlagan dollar — 12-sentabrning muhim yangiliklari

Kursiv Uzbekistan yangiliklari
Погода в Ташкенте
Foto: Kursiv Uzbekistan

Kursiv Uzbekistan kun davomida ro‘y bergan O‘zbekiston va dunyoda dolzarb yangiliklarni bir joyga jamladi.

«Afrosiyob» poyezdiga qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi

«Afrosiyob» poyezdiga qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi
«Afrosiyob» poyezdiga qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi / Foto: Transport vazirligi

Sayyohlar uchun qulaylik yaratish va mavjud qatnovlardagi yuklamani kamaytirish maqsadida Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha reyslari tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Qo‘shimcha qatnovlar 11, 12, 14, 18, 19, 20, 21, 25, 27 va 28-sentabr kunlari amalga oshiriladi.

12-sentabr kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin

Курс доллара
Foto: Pepi Stojanovski / Unsplash

Banklar 12-sentabr kungi xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish kurslarini yangiladi. Kursiv Uzbekistan eng yaxshi narxdagi xorijiy valyuta kurslari haqidagi ma’lumotni taqdim qiladi.

Sotib olish

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 480 so‘m«Aloqabank», «Hayotbank»
EUR14 600 so‘m«NBU», «Trastbank»
RUB149 so‘m«Hamkorbank»

Sotish

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 430 so‘m«Anorbank», «Asakabank»
EUR14 470 so‘mXalq banki
RUB140 so‘m«Asia Alliance»

Toshkentda yangi ToshTech texnika universiteti ochiladi

Foto: TDTU

Poytaxtda ToshTech texnika universiteti tashkil etadi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.

Yangi oliygoh akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil bo‘ladi. Ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi: 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Davlat budjeti hisobidan 1 yillik tayyorlov kurslari ochiladi.

Jennifer Lopesning konserti sabab rasvosi chiqqan «Bunyodkor» stadionida ta’mirlash ishlari boshlandi — foto

Стадион «Бунёдкор»
Foto: Bunyodkor stadium

7-avgust kuni «Bunyodkor» stadioni dunyo megayulduzi Jennifer Lopes konsertiga mezbonlik qildi. Dastur qo‘shiqchining Up All Night: Live in 2025 jahon gastroli doirasida tashkil etildi.

Konsert e’lon qilinishidan avval bildirilgan taxminlar o‘zini oqladi. Tadbirdan so‘ng stadion maysasi jiddiy zarar ko‘rdi. O‘zbekiston professional futbol ligasi (O‘zPFL) direktori Diyor Imomxo‘jayevga ko‘ra, stadion chimini tiklash uchun $1 million atrofida mablag‘ ketadi.

O‘zbekistonda iPhone 17 sotib olish uchun necha kun ishlash kerak bo‘ladi

O‘zbekistonda iPhone 17 sotib olish
O‘zbekistonda iPhone 17 sotib olish uchun necha kun ishlash kerak bo‘ladi / Foto: Apple

19-sentabrdan boshlab dunyo bo‘ylab Apple’ning yangi mahsuloti — iPhone 17 savdoga chiqariladi. Reyting.kz Kursiv Uzbekistan’ga O‘zbekistonda iPhone 17 sotib olish uchun necha kun ishlash kerakligi haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.

IMEI-kod bo‘yicha muammolar haqidagi Senat so‘roviga Sherzod Shermatov javob berdi

IMEI
Senat IMEI ro‘yxatga olishdagi muammolar yuzasidan vazirga murojaat yo‘lladi / Foto: depositphotos.com

8-iyul kuni Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kobul Tursunov Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov nomiga IMEI-kod orqali qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibida yuzaga kelgan muammolar yuzasidan chora ko‘rishni so‘rab so‘rov yuborgandi.

Ohangaron suv ombori atrofida turistik loyiha yo‘lga qo‘yiladi

Foto: «O‘zbekiston24» videosidan olindi

11-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda poytaxt va Toshkent viloyati o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Toshkent aeroportida 500 dan ortiq taqiqlangan buyum musodara qilindi

Toshkent aeroportida 500 dan ortiq taqiqlangan buyum musodara qilindi. Foto: Uzbekistan Airports

Toshkent aeroportida joriy yilning 1-yanvaridan 30-avgustigacha davrda 535 ta taqiqlangan buyum olib qo‘yildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, musodara qilingan buyumlar orasida pichoqlar, xanjarlar, kastetlar, pirotexnika vositalari, harbiy qurol-yaroq va ularga o‘xshatmalari, gaz ballonlari, elektroshokerlar, dronlar va hatto o‘yinchoq qurollar ham bor.

15-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

dollar kursi
Foto: Depositphotos

15-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kuni uchun AQSh valyutasi 12 426,83 so‘m (-20,52 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Toshkentda uy ijarasi kvadrat metri uchun o‘rtacha sakkiz dollarni tashkil etmoqda

Uy-joy
Foto: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

Avgust oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida 25 mingta uy sotildi. Oylik ko‘rsatkich 4,6 foizga pasaydi, biroq yil davomida bitimlar soni 13 foizga oshdi, deya xabar beradi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.