9600 mA/soat batareyaga ega 150 dollarlik Ulefone RugKing smartfoni sotuvga chiqmoqda

13-sentabr 2025 09:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Ulefone RugKing smartfoni
9600 mA/soat batareyaga ega 150 dollarlik Ulefone RugKing smartfoni sotuvga chiqmoqda / Foto: Ulefone

Ulefone kompaniyasi tomonidan 9600 mA/soat batareyaga ega 150 dollarlik Ulefone RugKing smartfoni 15-sentabrdan sotuvga chiqadi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qildi.

Smartfon ekstremal sharoitlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, MIL-STD-810H harbiy standarti va IP68/IP69K himoya darajasiga ega. U suv va changdan to‘liq himoyalangan, 2 metr balandlikdan tushishga bardosh beradi va 2 metr chuqurlikda 30 daqiqa suv ostida ishlay oladi. Qurilmada uSmart 2.0 raz’yomi mavjud bo‘lib, u orqali Ulefone professional aksessuarlarini ulash mumkin.

Foto: Ulefone

Ulefone RugKing’ning eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri uning126 dB kuchli dinamigidir. 36 mm diametrli va 11,5 kub sm hajmdagi karnay qurilmani qurilish maydonlarida, tabiat qo‘ynida yoki shovqinli joylarda ishlatishga qulay qiladi.

Ulefone RugKing texnik imkoniyatlari bilan ham ajralib turadi. Smartfon 5,99 dyuymli ekranga ega bo‘lib, uning yorqinligi 910 nitni tashkil etadi. Qurilma sakkiz yadroli Unisoc T7255 protsessori asosida ishlaydi va 8 GB tezkor hamda 256 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Unda sig‘imi 9600 mA/soat bo‘lgan kuchli batareya o‘rnatilgan. Asosiy kamera 50 megapikselli bo‘lib, unga 2 megapikselli makrokamera hamda 126 lümen quvvatli fonar ham qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 21 200 mA/soat batareyaga ega Ulefone Armor 29 Pro smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek