
O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Devis kubogi doirasidagi ilk uchrashuvda Gonkong vakili Kolman Vongga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv 3:6, 2:6 hisobida yakunlandi.
Bahs qariyb bir yarim soat davom etdi. G‘alaba evaziga Gonkong umumiy seriyada oldinga chiqdi.
Mazkur to‘qnashuvda O‘zbekiston jamoasi favorit sifatida ko‘rilmoqda, chunki ular musobaqada beshinchi raqamli urug‘langan jamoa hisoblanadi. Ushbu seriyaning g‘olibi Devis kubogi pley-off bosqichiga yo‘l oladi, mag‘lub bo‘lgan jamoa esa hozirgi guruhda qolish huquqi uchun kurashadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionati medalini naqd qilgani haqida yozgan edi.