
Shavkat Mirziyoyev Isroil tomonidan Doha shahriga uyushtirilgan raketa zarbalarini keskin qoraladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 12-sentabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soni bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston rahbari bunday hujumlar Qatar mustaqilligi va suverenitetiga tahdid solishi, BMT Nizomi hamda xalqaro huquq tamoyillariga zid ekanini ta’kidlagan.
Prezident Mirziyoyev Qatar tashabbusi bilan chaqirilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammitining muvaffaqiyatli o‘tishini tilagan. O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning istalgan shakliga qarshi ekani va Yaqin Sharqda vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladigan harakatlarni qoralashini bildirdi.
Suhbat davomida siyosiy aloqalarni davom ettirish, shuningdek, ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirish masalalari ham muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev Tolstoy nomidagi Xalqaro Tinchlik mukofoti bilan taqdirlangani haqida yozgan edi.