AQSh va Tolibon o‘rtasida Kobulda muzokaralar bo‘lib o‘tdi

AQSh rasmiylari Kobulda Tolibon vakillari bilan afg‘onistonda hibsda saqlanayotgan amerikalik fuqarolar taqdiri yuzasidan muzokara olib bordi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uchrashuvda AQShning sobiq maxsus elchisi Zalmay Halilzad va Tolibon tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy ishtirok etdi.
Tolibon tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni davom ettirishga kelishdi, jumladan, bir-birining fuqarolari bo‘yicha hamkorlik masalalari ham muhokama qilinadi. Eng ko‘p e’tibor qaratilayotgan mojaro amerikalik fuqarosi Mahmud Habibi atrofida bo‘lib, AQSh uni noqonuniy ushlab turilayotganini ta’kidlasa, Tolibon uning qayerdaligidan bexabar ekanini bildirmoqda.
Tolibon vakillari, shuningdek, AQSh sanksiyalarini tanqid qildi va investitsiya imkoniyatlari, jumladan, noyob yer metallari sohasida hamkorlikni taklif qildi. Ular AQShni Afg‘onistonga nisbatan qarama-qarshilik emas, balki muloqot yo‘lini tanlashga chaqirdi. AQSh esa amerikaliklarni ozod qilishni eng ustuvor vazifa sifatida ko‘rib, ilgari ham bir necha marotaba mahbuslar almashuvini amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus prezidenti Tramp talabi bilan 52 mahbusni ozod qilgan edi.