
Manchester derbisi kutilganidek shiddatli tus oldi. «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Manchester City raqibi Manchester Unitedni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda The Guardian nashri ma’lum qildi.
Hisobni birinchi bo‘limda Fil Foden ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa Foden ikkinchi golini urib, dublga erishdi, so‘ng Erling Holand uchinchi golni kiritib, yirik g‘alabani mustahkamladi. United hujumchilari bir necha marta xavf tug‘dirdi, ammo Donnarummaning aniq harakatlari ularning urinishlarini bekor qildi.

Diqqat markazida bo‘lgan futbolchilardan yana biri — Abduqodir Husanov. O‘zbekistonlik himoyachi jarohatdan keyin safga qaytdi va derbida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Mazkur g‘alaba Cityga jadvalda muhim uch ochko olib keldi va chempionlik poygasida ustunlikni saqlab qolishga yordam berdi. United esa bu mag‘lubiyatdan so‘ng bosim ostida qoldi va navbatdagi turda vaziyatni o‘nglashga urinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bashakshehir Beshiktoshga 1:2 hisob bilan yutqazgani haqida xabar bergan edik.