
14-sentabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue (30-0, 27 KO) O‘zbekiston vakili Murodjon Ahmadaliyev (14-1, 11 KO)ga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang 12 raund davom etdi va hakamlarning yakdil qarori bilan Inoue g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Naoya o‘zining barcha kamarlarini — WBC, WBA, WBO va IBF super bantamweight chempionlik unvonlarini himoya qildi. Hisob quyidagicha qayd etildi: 117-111, 118-110, 118-110.

Murodjon jang davomida faol qarshilik ko‘rsatdi, bir nechta xavfli zarbalar bilan raqibini sinovdan o‘tkazdi. Ammo Inouening tajribasi, tezligi va aniq zarbalari natijani belgilab berdi.
Mazkur natijadan so‘ng Inoue mutlaq chempion sifatida faoliyatini davom ettiradi. Murodjon Ahmadaliyev esa mag‘lubiyatga qaramay, yuqori darajadagi jang ko‘rsatib, o‘zining top darajali bokschi ekanini namoyish etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fazliddin Erkinboev World Boxing jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida yozgan edik.