O‘zbekiston va Malayziya $5 milliarddan ortiq qiymatdagi loyihalarni amalga oshiradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
40 dan ortiq qo‘shma loyihalar
O‘zbekiston va Malayziya $5 milliarddan ortiq qiymatdagi loyihalar amalga oshiriladi / Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekistonda malayziyalik hamkorlar bilan qiymati $5 mlrddan oshadigan 40 dan ortiq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Malayziyaning «Bernama» axborot agentligi xabarida ta’kidlanishicha, Kuala-Lumpurda O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan qabul marosimida elchi Karomiddin Gadoyev ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar yuksak darajada rivojlanib borayotganini qayd etdi.

So‘nggi yillarda yuqori darajadagi tashriflar, jumladan, 2024-yilda Malayziya bosh vazirining Toshkentga, 2025-yilda esa Shavkat Mirziyoyevning Kuala-Lumpurga safari ikki mamlakat hamkorligini yangi bosqichga olib chiqdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik barqaror o‘sib bormoqda va kelgusida ham strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qishloq xo‘jaligi, turizm va xizmat ko‘rsatishda hamkorlik qilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek