
Realme tomonidan Hindistonda yangi arzon Realme P3 Lite smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Qurilma asosiy versiyasi (4/128 GB) atigi $120, kuchliroq 6/128 GB versiyasi esa $130 narxda baholandi.
Smartfon 6,67 dyuymli IPS HD+ displeyga ega bo‘lib, 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning yuragi sifatida Dimensity 6300 protsessori ishlaydi. Asosiy kamerasi 32 MP, old kamerasi esa 8 MP.

Qurilmada 6000 mA/soat sig‘imli katta batareya o‘rnatilgan bo‘lsa-da, qalinligi atigi 7,94 mm, og‘irligi esa 197 grammni tashkil etadi. Tezkor quvvatlash quvvati 45 Vtga teng.
Himoya jihatidan Realme P3 Lite IP64 standartiga mos keladi va MIL-STD 810H harbiy standart talablariga javob beradi. Shuningdek, smartfon yon tomoniga joylashtirilgan barmoq izi skaneri va Bluetooth 5.3 bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 7200 mA/soat batareyaga ega Realme Neo 7 Turbo AI Edition taqdim etilgani haqida yozgan edi.