Sport

Konor Makgregor prezidentlik poygasidan chiqdi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor prezidentlik saylovida ishtirok etmaslikka qaror qildi. Bu haqda u o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Foto: RTE

«Oilam bilan maslahatlashib, chuqur o‘ylab ko‘rgach, ushbu poygadan chiqishga qaror qildim. Bu oson bo‘lmadi, biroq ayni paytdagi eng to‘g‘ri yo‘l shu deb hisoblayman», — dedi Makgregor.

Irlandiya qonunchiligiga ko‘ra, prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun 20 nafar parlament a’zosi va to‘rt nafar mahalliy kengash tomonidan qo‘llab – quvvatlanish zarur. Shuningdek, nomzod Irlandiya fuqarosi va 35 yoshdan katta bo‘lishi kerak.

Ma’lumot uchun, Irlandiyada prezidentlik saylovlari 2025-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi prezident Maykl Higgins bo‘lib, u hozirda 83 yoshda va 2011-yildan buyon ushbu lavozimni egallab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Konor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surayotgan edi. Hattoki amerikalik mashhur milliarder Ilon Mask ham uning bu qarorini qo‘llab – quvvatlab, amaliy va moliyaviy yordam berishga tayyor ekanini ta’kidlagan edi.