Chimyon hududida yirik bog‘dorchilik va turizm loyihalari amalga oshiriladi

eʼlon qilindi
Yangi tunnel, ko‘prik va piyodalar yo‘laklari ham barpo etiladi
Prezident Bo‘stonliqdagi yirik loyihalar bilan tanishdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumanida amalga oshirilayotgan agrosanoat bog‘i va turizm majmuasi loyihalarini borib ko‘rdi. Hududda suv va yer resurslari mo‘l bo‘lgani uchun agrar soha bilan turizm uyg‘un tarzda rivojlantirilmoqda, deya xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Chimyon mahallasida 3 ming gektar maydonda malina, qulupnay, qorag‘at va yong‘oqzorlar barpo etilmoqda. Loyiha qiymati $60 mlndan ortiq bo‘lib, yiliga 24 ming tonnaga yaqin mahsulot yetishtiriladi va 12 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

Foto: President.uz

Shuningdek, «Chimyon» umummavsumiy kurorti uchun 1 278 gektar maydon ajratilib, osma dor yo‘llari, mehmonxonalar va dam olish maskanlari qurilmoqda. Majmua ishga tushgach, yiliga o‘n minglab mahalliy va xorijiy turistlarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Foto: President.uz

Hududda yangi tunnel, ko‘prik va piyodalar yo‘laklari ham qurilib, transport harakati qulaylashmoqda. Bu esa nafaqat sayyohlar oqimini ko‘paytiradi, balki mahalliy iqtisodiyotni ham rivojlantiradi.

Foto: President.uz

Davlat rahbari loyihalarni qo‘llab-quvvatlab, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish va xizmat ko‘rsatishda xalqaro tajribani keng tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shu tariqa Bo‘stonliq tabiiy go‘zalligi, zamonaviy infratuzilmasi va yuksak xizmatlari bilan yirik turizm va agrosanoat markaziga aylanmoqda.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqdagi «Renessans» oromgohi faoliyati bilan tanishgan edi.

Shuningdek