Yangiliklar

Hyundai Concept THREE — IONIQ 3 taqdim etildi

Salon Apple CarPlay Ultra tizimi bilan jihozlangan
Hyundai Concept THREE — IONIQ 3 taqdim etildi / Foto: Hyundai

Hyundai Concept THREE — IONIQ 3 modelini taqdim etdi. Bu kompakt elektr hetchbek «Art of Steel» dizayni va Aero Hatch shakli bilan ajralib turadi, deya yozmoqda Elektrek nashri.

IONIQ 3 sifatida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan model 2026 yilning birinchi yarmida Turkiyada ishlab chiqariladi. U Volkswagen ID.3 va Kia EV3 kabi kompakt elektromobillar bilan raqobatlashadi.

Foto: Hyundai
Foto: Hyundai

Konseptning o‘lchamlari: uzunligi 4,3 m, eni 1,94 m, g‘ildirak bazasi 2,7 m. Salon minimalistik uslubda, katta displey va Apple CarPlay Ultra tizimi bilan jihozlangan.

IONIQ 3 uchun 58–81 kVt·soat batareya variantlari ko‘zda tutilmoqda. Bu WLTP bo‘yicha 418–587 km masofani ta’minlaydi. 130 kVtgacha tezkor zaryad 20 daqiqada 160 km masofaga yetarli quvvat beradi.

Foto: Hyundai

IONIQ 3 shaharlarga mo‘ljallangan, ommaviy segmentga yo‘naltirilgan kompakt elektromobil bo‘lib, Hyundai’ning Yevropa bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hyundai Tucson L 2025 N-Line sotuvga chiqqani haqida yozgan edik.