Yangiliklar

Jahon chempionatida bokschilarimiz 11 ta medal bilan ikkinchi o‘rinni egalladi

6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza
Jahon chempionatida bokschilarimiz 11 ta medal bilan ikkinchi o‘rinni egalladi / Foto: Sport vazirligi

4 – 14 sentabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston bokschilari umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni oldi. Bu haqda Sport vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Sport vazirligi

Sportchilarimiz jami 11 ta medal — 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Foto: Boks federatsiyasi

Oltin medal: Fazliddin Erkinboyev (75 kg), Abdumalik Xalokov (60 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (65 kg), Javohir Ummataliyev (80 kg), Akmaljon Isroilov (86 kg), To‘rabek Xabibullayev (90 kg).

Kumush medal: Navbahor Hamidova (65 kg), Jahongir Zokirov (+90 kg).

Bronza medal: Sabina Boboqulova (48 kg), Feruza Kazakova (51 kg), Aziza Zokirova (70 kg).

Foto: Sport vazirligi

Ushbu natijalar bokschilarimizning yuksak mahorati va xalqaro arenadagi obro‘sini yana bir bor tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Naoya Inoue Murodjon Ahmadaliyevni ochkolar hisobiga mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.