KFC, Evos va Oqtepa Lavash O‘zbekistonda eng yirik soliq to‘lovchi umumiy ovqatlanish tarmoqlari bo‘ldi

eʼlon qilindi
Umumiy hisobda 20,1 mingta ovqatlanish korxonasi soliqlarni to‘lagan
Банкноты в Узбекистане
Foto: UzAirways

2025-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasi korxonalari jami 963,3 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Eng ko‘p soliq to‘lagan uchlikni International Foodchain (KFC), Mak Food Servis (Evos) va Oqtepa Food Service (Oqtepa Lavash) kompaniyalari egalladi.

Umumiy hisobda 20,1 mingta ovqatlanish korxonasi soliqlarni to‘lagan bo‘lib, faqatgina 20 ta yirik kompaniya umumiy tushumning 184,2 mlrd so‘mini (19,1%) ta’minladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2,4 trln so‘mni tashkil etdi.

20 ta yirik soliq to‘lovchilardan tushgan soliqlar quyidagicha taqsimlandi:

  • QQS — 78,2 mlrd so‘m
  • Jismoniy shaxslar daromad solig‘i (JShDS) — 49,6 mlrd so‘m
  • Foyda solig‘i — 33,2 mlrd so‘m
  • Ijtimoiy soliq — 21,4 mlrd so‘m
  • Boshqa soliqlar — 1,8 mlrd so‘m

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Raqobat qo‘mitasi Coca-cola va Pepsi’ni moliyaviy jarimaga tortgani haqida yozgan edi.

Shuningdek