Yangiliklar

Mirobod tumanida o‘smirlar o‘rtasidagi mojaro jinoyat ishi bilan yakunlandi

Voyaga yetmagan bolaga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazilgan
Jinoyat
Foto: SlashPRO

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal yuz bergani haqidagi xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, voqea 11-sentabr kuni kech soat 22:30 larda Mirobod tumani Qo‘yliq mavzesida sodir bo‘lgan. 2005-yilda tug‘ilgan yigit va uning tanishi notanish yigitlar bilan og‘zaki tortishuvga kirishgan. Mojaro davomida ikkala yigit notanish yigitlardan biri — 2008-yilda tug‘ilgan bola bilan janjallashib qolgan.

To‘qnashuv chog‘ida voyaga yetmagan bolaga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilib, hozirda shifokorlar nazoratida davolanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxoroda kanalizatsiya quvuridan uch nafar ishchining jasadi topilgani haqida yozgandi.