Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus yer cho‘kishi oqibatida vaqtincha harakatdan to‘xtadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yo‘lovchilarga tan jarohati yetmagan
avtobus
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus yer cho‘kishi oqibatida vaqtincha harakatdan to‘xtadi / Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ

2025-yil 15-sentabr kuni soat 05:40 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Gulsanam ko‘chasida 101-sonli yo‘nalishda qatnovchi «MAN» rusumli avtobus (saroy raqami 10, davlat raqami 01 897 OJA) TTZ bozori bekatiga to‘xtaganida yer cho‘kishi kuzatildi.

«Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumotiga ko‘ra, mazkur hududda ilgari suv quvurlari o‘tkazilgan bo‘lib, suv sizishi natijasida yo‘l qatnov qismida cho‘kish yuzaga kelgan. Avtobusning og‘irligi tufayli uning o‘ng tomoni cho‘kib, transport vositasi vaqtincha harakatdan to‘xtagan.

Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ

Voqea joyiga «5-Avtobus saroyi» rahbari va mas’ul xodimlar zudlik bilan yetib borib, avtobusni yerdan olib chiqish choralarini ko‘rishgan. Mashina soat 10:10 da cho‘kish joyidan chiqarilgan.

Hodisa oqibatida yo‘lovchilarga tan jarohati yetmagan. Avtobus hozirda soz holatda, sanitar tekshiruvdan o‘tkazilib, qayta yo‘nalishga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, yo‘nalishi o‘zgargan avtobuslar harakati avvalgi jadvalga qaytarilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek