
Nepalda o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan korrupsiyaga qarshi norozilik namoyishlari qonli to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi yakshanba kuni halok bo‘lganlar soni 72 nafarga yetganini ma’lum qildi.
Namoyishchilar davlat binolari, jumladan, Oliy sud, parlament va politsiya bo‘limlariga o‘t qo‘ydi. Xavfsizlik kuchlari esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar bilan tartibni tiklashga urindi. Rasmiylarga ko‘ra, ikki mingdan ortiq kishilar jarohat olgan.
Bosh vazir K.P. Sharma Oli iste’fo bergach, sobiq Oliy sud raisi Sushila Karki vaqtincha bosh vazir etib tayinlandi. U Nepal tarixida hukumatni boshqargan ilk ayol bo‘lib, 5-martga belgilangan yangi parlament saylovlarini tashkil etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy harbiylari Janubiy Xitoy dengizida muntazam patrul o‘tkazib, Filippin tomonini provokatsiya va keskinlikni oshirishdan ogohlantirgani haqida yozgan edik.