Yangi qonun loyihasi: haydovchi qaysi hollarda “prava”siz qolishi mumkin

Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida YPX qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan javobgarlikni oshirish bo‘yicha loyiha joylashtirildi.
Loyihaga ko‘ra, agar haydovchi bir oy davomida 10 marotaba qizil chiroqda harakatlansa, 40 km/soatdan ortiq tezlikni oshirsa, qarama-qarshi yo‘ldan chiqsa yoki avariya xavfi tug‘dirsa, u 6 oy muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi.
Qonun loyihasi muhokamasi ochiq shaklda olib borilmoqda va fuqarolar portal orqali o‘z takliflarini kiritishlari mumkin.
Bloger Makarenko kutilayotgan o‘zgarishlarni yetarlicha qat’iy emas deb hisoblamoqda. Uning fikricha, bir oy ichida 10 marta qoida buzgan haydovchilarni «avtoterrorchi» deb baholash kerak va ularga nisbatan yanada keskin choralar qo‘llanishi lozim. Jumladan, bunday shaxslardan haydovchilik guvohnomasini umrbod olib qo‘yish, avtomobilini musodara qilish yoki ozodlikdan mahrum etish kabi sanksiyalarni joriy qilishni taklif qilmoqda.
Fuqarolar ushbu qonun loyihasiga 25-sentabrgacha o‘z fikrlarini qoldirishi mumkin. Qonun qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligi ham mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda piyodalar oʻtish joylariga YPX robotlari qoʻyilishi haqida xabar bergan edi.