Yangiliklar

Poytaxtdagi sakkizta tuman issiq suvdan vaqtincha uziladi

15 – 19-sentabr kunlari
Poytaxtdagi sakkizta tuman issiq suvdan vaqtincha uziladi / Foto: Myseldon

Toshkent shahrining Yashnobod, Mirobod, Yakkasaroy, Chilonzor, Yunusobod, Shayxontohur, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Veolia Energy Tashkent» MChJ XK ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 15 – 19-sentabr kunlari profilaktika ishlari sababli issiq suv ta’minoti Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysizlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent, Amir Temur, Mustaqillik, Sharof Rashidov, Navoiy, Bobur, Shota Rustaveli, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Nurafshon, Afrosiyob va boshqa ko‘chalarda vaqtincha to‘xtatiladi.

Mazkur ishlar tizimni qishki mavsumga tayyorlash uchun zarur bo‘lib, kompaniya aholining tushunishi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda issiq suv ta’minoti reja bo‘yicha o‘chirilishi haqida batafsil xabar bergan edik.