Prezident maktablari kabi har bir viloyatda «Yangi avlod» bog‘chalari tashkil qilinadi

eʼlon qilindi
Ushbu bog‘chalarda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi
bog‘cha
Prezident maktablari kabi har bir viloyatda «Yangi avlod» bog‘chalari tashkil qilinadi. Foto: ochiq manbalardan

Prezident maktablari kabi har bir viloyatda «Yangi avlod» bog‘chalari tashkil qilinadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ushbu bog‘chalarda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi. Shuningdek, yangi metodikalardan foydalanish imkoniyati xususiy bog‘cha tarbiyachilari uchun ham doim ochiq bo‘ladi.

Hozirda mamlakatda yetti mingdan ortiq davlat bog‘chalarida 120 mingga yaqin tarbiyachi ishlaydi. Lekin ularning atigi 34 foizi oliy ma’lumotga ega. Tarbiyachilar maktab o‘qituvchilari singari toifa olishlari uchun oliy diplom talab etiladi. Shu bois oliy ma’lumotli va o‘rta ma’lumotli tarbiyachilar oyligi o‘rtasida farq mavjud.

Endilikda davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilari ish joyidan ajralmagan holda oliygohlarda o‘qitilib, har yili 10 ming nafar tarbiyachiga oliy ma’lumot beriladi.

Shu bilan birga, joriy yilda bog‘cha o‘rinlarini qo‘shimcha 182 mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Shundan 82 ming o‘rin yangi quriladigan bog‘chalar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Avvalroq prezident ishtirokidagi ta’lim tizimiga oid videoselektorda ayrim tuman hokimlari yetarli choralar ko‘rmagani tanqid qilingandi. Masalan, 118 ta bog‘chadagi 255 ta xona ta’mir talab bo‘lgani uchun bo‘sh turibdi. Ayrim hududlarda 8 ta bog‘chani qurish va ta’mirlash ishlari 2-3 yildan beri cho‘zilmoqda. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, 118 ta bog‘chadagi xonalarni ta’mirlab jihozlash, shuningdek, 8 ta bog‘chani to‘liq ishga tushirish uchun 1-noyabrgacha muddat belgilangan.

Shuningdek