Pxenyan razvedka idorasini kengaytirdi

eʼlon qilindi
Pxenyan tashqi razvedka ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish imkoniyatlarini kuchaytirgan
Foto: Yonhap News

Yonhap News nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 15-sentabr kuni Janubiy Koreya Birlashuv vazirligi Shimoliy Koreya o‘zining bosh razvedka agentligi — Bosh razvedka byurosi (GRB) faoliyatini kengaytirganini ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, Pxenyan tashqi razvedka ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish imkoniyatlarini kuchaytirgan.

Shimoliy Koreya ilk bor «Bosh razvedka axborot byurosi» nomini yakshanba kuni hukmron partiya Markaziy harbiy komissiyasi rais o‘rinbosari Pak Jon-Сhon chiqishida tilga oldi. Seul bu yangi tuzilma amaldagi GRB kengaytirilgan shakli bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.

Vazirlik so‘zlovchisi Ku Byong-Sam shunday dedi:

«Biz Shimoliy Koreya 2023-yil noyabrdan buyon harbiy josus sun’iy yo‘ldoshi faoliyatiga parallel ravishda tashqi razvedka imkoniyatlarini kuchaytirayotgan bo‘lishi mumkinligini kuzatyapmiz».

Shimoliy Koreya 2023-yil noyabrida ikki marta muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng josus sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqarishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Pak Jon-Chonning so‘zlariga ko‘ra, yangi idora Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiyaning shu hafta bo‘lib o‘tadigan Freedom Edge mashqlari hamda Seul va Vashingtonning Iron Mace stoli mashg‘uloti haqida ma’lumot bergan.

Bundan tashqari, vazirlik Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yaqinda yadro kuchlari bilan bir qatorda odatiy qurollarni ham rivojlantirish siyosatini e’lon qilish niyatida ekanini aytdi. Bu qaror Rossiya – Ukraina urushidan olingan xulosalarga asoslangan. Ku Byong-Samning ta’kidlashicha:

«Kim yadro qurollari jang maydonida ishlatilmasligini anglab, odatiy qurollarni kuchaytirish zarurligini tasdiqlagandek ko‘rinadi».

Bu ma’lumot Shimoliy Koreyaning tashqi auditoriyaga yo‘naltirilgan KCNA agentligi orqali tarqatildi. Ichki auditoriyaga mo‘ljallangan «Rodong Sinmun» gazetasi esa xabarni bermadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kim Chen In Shimoliy Koreyada yadroviy qurolni tezkor kengaytirishga chaqirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek