Qo‘shtepa tumanida 40 mln dollarlik sanoat loyihalari amalga oshiriladi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘shtepa tumanida tashkil etilayotgan maxsus sanoat zonasidagi qiymati $40 millionlik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu loyihalar qurilish, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, sanoat va trikotaj yo‘nalishlariga mo‘ljallangan.

Shuningdek, amalga oshirilishi rejalashtirlayotgan 9 ta loyihaning umumiy qiymati $40 million bo‘lib, natijada 1210 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyiha moliyalashtirish manbalari sifatida tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hamda xorijiy investorlar sarmoyasi jalb qilinadi. Korxonalarni 2026-yilning o‘rtalarida ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fargʻona vodiysida metan cheklovi sababli ikki ming tonna benzin ajratilgani haqida yozgandi.