Samsung Galaxy S26 Edge dizayni iPhone 17 Pro’ga o‘xshash bo‘ladi

15-sentabr 2025 10:44 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy s25 edge
Foto: Business today

Samsung Galaxy S26 flagmanlari haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilindi. Galaxy S26 Pro, Galaxy S26 Edge va Galaxy S26 Ultra’ning kameralar uchun himoya plyonkalari suratlarini taqdim etildi.

Samsung Galaxy S26 Edge modelining kamera blokini yopadigan plyonka yirik va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, ilgari tarqalgan renderlardagi kabi katta kamera qopqog‘ini ko‘rsatmoqda. Bunday dizayn deyarli iPhone 17 Pro bilan bir xil, farqi esa faqat modul va datchiklar soni hamda ularning joylashuvidadir.

Foto: Ice Universe

Samsung Galaxy S26 seriyasining taqdimoti 2026-yil boshida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Pro va Galaxy S26 Edge ayrim bozorlarda Exynos 2600 chipseti bilan, eng yuqori darajadagi Galaxy S26 Ultra esa Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S23 seriyasi One UI 8 ikkinchi beta yangilanishini olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek