Tadbirkorga asossiz hisoblangan 68 mln so‘mga yaqin penya bekor qilindi

eʼlon qilindi
Navoiy viloyatida
Mahalliy hokimiyat xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
Tadbirkorga asossiz hisoblangan 68 mln so‘mga yaqin penya bekor qilindi. Foto: Facebook/Sun’iy intellekt

Navoiy viloyatida mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorga «Hududgazta’minot» AJ va uning filiali tomonidan hisoblangan penya asossiz deb topildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, qo‘mita tadbirkorning murojaati asosida o‘rganish ishlarini olib borgan. Natijada 68 million so‘mga yaqin penya «Hududgazta’minot» AJning elektron dasturida qayta ko‘rib chiqildi va hisobdan chiqarildi.

Raqobat qo‘mitasi bundan keyin ham tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish hamda adolatli bozor muhitini shakllantirish bo‘yicha faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilgan.

Avvalroq Senat mahsulotni shartnomada belgilangan vaqtda xaridorga topshirmagan sotuvchiga penya to‘lash majburiyati yuklash haqidagi qonunni tasdiqlagan edi. Unga ko‘ra, sotuvchi har bir kechikkan daqiqa, soat yoki kun uchun penya to‘lashi shart bo‘ladi.

Yangi normalarga ko‘ra, kechikish muddati uchun xaridorga majburiyatning bajarilmagan qismidan 0,5 foiz miqdorida jarima to‘lanadi. Shu bilan birga, umumiy penya summasi tovarning narxidan yuqori bo‘lmasligi shart qilib belgilangan.

Shuningdek