Xiaomi 17 Pro dizayni oshkor bo‘ldi

15-sentabr 2025 15:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan / Manba: ITHome

Xiaomi yangi Xiaomi 17 flagmanlar qatorini rasman e’lon qildi. Bu haqda ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Kompaniyaning Weibo‘dagi rasmiy akkaunti ikonkasi yangilandi va unda asosiy kamera blokida kichik ekran joylashgan smartfon tasviri paydo bo‘ldi. Ostida esa Leica yozuvi ko‘rinib turgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay bu rasm tezda o‘chirildi va Xiaomi MIX Flip 2 Diamond Limited Edition rasmi bilan almashtirildi, biroq tasvir allaqachon internetda keng tarqalib ulgurgan.

Insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, bu rasmda aynan Xiaomi 17 Pro tasvirlangan. Uning asosiy o‘ziga xosligi — kamera blokida joylashgan qo‘shimcha ekran. Bunday yechim oldin Xiaomi 11 Ultra modelida ham qo‘llanilgan edi, ammo yangi versiyada ekran asosiy kameraning ikki modulini qamrab olgan.

Orqa ekran bildirishnomalarni ko‘rish, media pleyer boshqaruvi, shuningdek, asosiy kamera yordamida selfi olish imkoniyatlarini qulaylashtirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 17 smartfonlari taqdim qilinishi haqida yozgan edi.

Shuningdek