Zangiotada tadbirkor tashabbusi bilan yangi GES ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Loyihaning umumiy quvvati 640 kVt etib belgilangan
Foto: Energetika vazirligi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida Damariq kanali hududida yangi kichik gidroelektr stansiyasining 320 kVt quvvatga ega birinchi bosqichi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, loyihaning umumiy quvvati 640 kVt etib belgilangan bo‘lib, hozircha birinchi bosqichi — 320 kVt quvvat ishga tushirildi.

Foto: Energetika vazirligi

GES to‘liq quvvatda faoliyat boshlagach, yiliga 3,2 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu esa 1300 ta xonadonning elektr ta’minotini barqarorlashtirish imkonini beradi.

Ochilish marosimi doirasida kichik gidroelektr stansiyalari qurilishiga qiziqish bildirgan tadbirkorlar uchun seminar-trening ham tashkil etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Parkent va Zangiota tumanlarida gastronomik ko‘chalar tashkil etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek