1-oktabrdan pensiyalar oshiriladi

eʼlon qilindi
Qirg‘izistonda
Foto: Pexels.com

Qirg‘izistonda shu yilning 1-oktabridan boshlab pensiyalar miqdori oshiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi raisi va Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyev yig‘ilishda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hukumat aholining turmush darajasini yaxshilash uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Jumladan, «Ijtimoiy kontrakt» dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘ joriy yilda 100 ming somdan 150 ming somga oshirilgan. Shuningdek, biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatda qashshoqlik darajasi 25,7 foizga tushib, 2023-yilga nisbatan 4,1 punktga kamaygan. Bu jarayonda aholining daromadlarining oshishi muhim omil bo‘lgan. O‘tgan yili aholi jon boshiga pul daromadlari 16,5 foizga o‘sdi. 2025-yilning dastlabki yetti oyida o‘rtacha oylik ish haqi 42 522 somni tashkil etib, 20,4 foizga ko‘paydi.

Kasimaliyevning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda mamlakatda sanoat sohasida 67 ta yangi korxona ishga tushirilgan bo‘lib, ular 6 ming ish o‘rni yaratgan. Shu bilan birga, 2025-yilning birinchi yarmida 159 mingdan ortiq yangi ish joyi ochilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb uch baravar ko‘pdir.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish masalasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi haqida yozgandi.

Shuningdek