8 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda AQShga safar qilgan

eʼlon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra
Foto: Sora yordamida yaratilgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar – iyul oylarida 8 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda AQShga safar qilgan.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 996 kishiga ko‘payib, 14,3 foizlik o‘sishni qayd etdi.

Safar maqsadlariga ko‘ra, 5 683 nafar fuqaro sayyohlik maqsadida yo‘l olgan. 1 978 nafari qarindoshlarini yo‘qlash uchun safar qilgan bo‘lsa, 179 nafari o‘qish, 104 nafari xizmat safarlari, 23 nafari esa davolanish maqsadida AQShga borgani qayd etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buyuk britaniyalik sayyohlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgani haqida xabar bergan edi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Britaniya sayyohlari uchun eng jozibali yangi yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Bu haqda The Travel magazine ma’lum qildi.

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan britaniyalik turistlar soni o‘tgan yilga nisbatan 23,8 foizga oshgan.

Shuningdek