Chevrolet Tracker yoki Chery Tiggo 7 Pro: qaysi birini sotib olgan yaxshi

16-sentabr 2025 18:15 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tracker
Chevrolet Tracker / Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Chevrolet Tracker mahalliy bozorda eng ko‘p sotilgan avtomobillardan biri hisoblanadi (Yil boshidan beri 19,5 ming dona Tracker sotilgan). Ammo raqobatning kuchayishi va boshqa modellarning ham ommalashishi o‘zbek xaridori uchun kuchli tanlovni yaratadi. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida Chevrolet Tracker va Chery tiggo 7 Pro avtomobillari taqqoslanadi.

Ushbu maqoladan quyidagilarni bilib olasiz:

Texnik xususiyatlari

Chevrolet Tracker 1,2 litrli turbobenzin dvigatelga ega. U 132 ot kuchi va 190 Nm moment ishlab chiqaradi. Chery Tiggo 7 Pro esa 1,5 litrli turbobenzin dvigatel bilan keladi. U 147 ot kuchi va 210 Nm moment beradi. Ikkala model ixcham dvigateldan foydalanadi. Ammo Tiggo 7 Pro dvigateli kattaroq va quvvati yuqoriroq.

Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Tracker 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. U oldingi tortish tizimida ishlaydi. Tiggo 7 Pro variatorli CVT25 avtomat uzatmalar qutisi bilan taqdim etiladi. Unda ham old tortish tizimi mavjud. CVT transmissiya silliq yurishni ta’minlaydi. Ammo ayrim haydovchilar 6AT’ni ishonchliroq deb hisoblashadi.

Tracker ixcham krossover bo‘lib, uzunligi 4 270 mm va eni 1 791 mm. Uning balandligi 1 625 mm, g‘ildirak bazasi 2 570 mm. Tiggo 7 Pro kattaroq o‘lchamlarga ega. Uzunligi 4 500 mm, eni 1 842 mm, balandligi 1 705 mm, bazasi 2 670 mm. Tracker yengilroq bo‘lib 1,35 tonna atrofida. Tiggo 7 Pro esa og‘irroq, taxminan 1,54 tonna.

Foto: Autostrada

Tracker bagaj hajmi oddiy holatda 390 litr. O‘rindiqlar yiqilganda u 1 311 litrgacha kengayadi. Tiggo 7 Pro esa kattaroq yukxonaga ega. U normalda 475 litr, orqa o‘rindiqlar yiqilganda 1 500 litr bo‘ladi.

Tracker kichik dvigateli tufayli tejamkor. Aralash rejimda u 6,5 l/100 km yonilg‘i sarf qiladi. Tiggo 7 Pro biroz ko‘proq yonilg‘i ishlatadi. Aralash siklda u 8,2 l/100 km sarf qiladi. Shunday qilib, Tracker yonilg‘i tejamkorligida ustun. Tiggo esa kuchliroq bo‘lgani uchun ko‘proq yonadi.

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Tracker maksimal 180 km/soat tezlikka chiqadi. U 0-100 km/soat tezlashuvni 11,1 soniyada amalga oshiradi. Tiggo 7 Pro esa tezroq. Uning maksimal tezligi 186 km/soat, 0-100 km/soat tezlashuvi esa 9,8 soniya. Tracker yer klirensi (balandligi) 161 mm bo‘lsa, Tiggo 7 Pro’da 190 mm. Bu notekis yo‘lda yurishda qulaylik yaratadi.

Foydalanish qulayligi

Chevrolet Tracker ixcham bo‘lsa-da, salonida 5 kishi uchun yetarli joy mavjud. Orqa qator uzun bo‘yli yo‘lovchilar uchun torlik qilishi mumkin. Chery Tiggo 7 Pro kengroq salon va ko‘proq oyoq joyini taklif etadi. Orqa o‘rindiqlar 1/3-2/3 nisbatda yig‘iladi, bu yuk joylashni qulay qiladi.

Foto: Ustabor

Tracker salonida sodda, ammo sifatli plastmassa va mato ishlatilgan. Boshqaruv tugmalari qulay joylashgan, rulda audio va kruiz boshqaruvi bor. Asboblar paneli analog bo‘lib, markazida rangli kompyuter ekrani joylashgan. Tiggo 7 Pro’da esa eko-teridan trim va yumshoq materiallar ishlatilgan. Interyer ko‘rinishi boy, eshik va tirsak joylari ham yumshoq materialdan. Chery o‘rindiqlari eko-charmdan, Tracker’da esa mato qoplamali variantlar bor.

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Tracker’da 8 dyuymli sensorli ekran va oddiy tugmali konditsioner bor. Tiggo 7 Pro’da 12,3 dyuymli displey va 7 dyuymli asboblar paneli mavjud. Premium versiyada asboblar paneli ham to‘liq 12,3 dyuymli bo‘lishi mumkin. Tiggo’da ikki zonali iqlim-kontrol va sensorli boshqaruv paneli mavjud. Tracker’da MyLink tizimi odatda CarPlay va Android Auto qo‘llaydi. Tiggo’da Apple CarPlay bor, ammo Android Auto to‘liq qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Foto: Chery

Tiggo’da panoramik lyuk va boy imkoniyatlar mavjud. Bunga o‘rindiq, rul va oynalar isitkichlari hamda purkagich isitgichi kiradi. Masofadan dvigatelni ishga tushirish funksiyasi ham Tiggo’da bor. Tracker Premier Plus versiyasida rul va o‘rindiqlar isitkichlari mavjud. Bazaviy LS komplektatsiyada esa qulayliklar cheklangan bo‘lishi mumkin.

Xavfsizlik tizimlari

Har ikki modelda ABS, EBD, ESC va HAC tizimlari mavjud. Tiggo Premium’da 360° kamera va old-orqa parktronik datchiklari bor. Tracker’da orqa kamera va oddiy sensorlar bilan cheklanishi mumkin.

Tracker yengil va manevrli, shahar ichida juda chaqqon yuradi. Rul boshqaruvi aniq, torsion orqa osma esa soddaligi bilan ajraladi. Ammo torsion osma mustaqil osmaga qaraganda qattiqroq ishlaydi. Tiggo 7 Pro’da mustaqil ko‘p bog‘lamli orqa osma mavjud. Bu yurishni yumshoqroq va barqarorroq qiladi, lekin ba’zida qattiq tuyuladi. Tiggo’da tovush izolyatsiyasi ham yaxshiroq darajada ishlangan.

Foydalanish xarajatlari

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Tracker aralash siklda 6,5 l/100 km sarflaydi. Tiggo 7 Pro esa o‘rtacha 8–9 l/100 km iste’mol qiladi. Shahar ichida Tiggo 10–11 l, Tracker esa 8 l atrofida sarflaydi. Chery AI-92 benzin bilan ishlaydi, Chevrolet AI-95 tavsiya qiladi. Tracker ko‘plab egalar tomonidan 92 benzin bilan haydaladi. Ammo bu dvigatelga uzoq muddat salbiy ta’sir qilishi mumkin. Yonilg‘i sarfida Tracker Tiggo’dan 1,5–2 l tejamkor.

Tracker uchun servis tarmog‘i keng va qismlar arzon. Standart kafolat 3 yil yoki 100 ming km bo‘lishi kutiladi. Tiggo 7 Pro 5 yil yoki 150 ming km kafolat bilan sotiladi. Chery servis markazlari kamroq, ammo xizmat sifati yaxshi. Tracker xizmat oralig‘i 10 ming km, Tiggo’da ayrimlar 5 ming kmda. Chevrolet qismlari bozorda ko‘p, Chery qismlari rasmiylarda uchraydi.

Foto: Chery

Tracker qismlari keng tarqalgan va narxi qulay. Mahalliy ustalar GM avtomobillarini yaxshi bilishadi. Chery qismlari faqat rasmiy dilerlar orqali kafolatlanadi. Bozorda uning muqobil qismlari hozircha kam va qimmat. Foydalanuvchilar Chery qismlarini topish qiyinroq deyishadi. Ammo brend rasmiy zaxiralar yaratishga harakat qilmoqda.

Har ikkisi 2 litrdan kichik dvigatelga ega. Shu bois transport solig‘i va sug‘urta narxlari bir xil. Kasko sug‘urta narxida Tiggo qismlari qimmatroq bo‘lishi mumkin.

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Tracker bozorda sekin qadrsizlanadi va talabi yuqori. Yangi mashinaga yaqin narxda sotish imkoniyati bor. Chery avtomobillari esa tezroq qadrsizlanadi. Ikkilamchi bozor torligi sabab Tiggo arzonroq sotiladi. 1-2 yildan keyin Tracker egasi ko‘proq foyda ko‘radi. Uzoq yillik foydalanishda Chery kafolat va qulayliklari afzal.

Modellarning kamchiliklari

Chevrolet Tracker kamchiliklari

Tracker yurishi ba’zi haydovchilarga qattiq tuyuladi. Yo‘l notekisliklarini kuchli sezdiradi. Orqa torsion osma va katta bosimli shinalar bunga sabab bo‘ladi. Tezlikda motor ovozi baland eshitiladi. 1.2 L dvigatel yuqori aylanishda ishlaganda salonda shovqin sezilarli ortadi. Izolyatsiya darajasi ham past.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Tracker ixcham krossover bo‘lgani uchun orqa o‘rindiqlarda joy torroq. Uzunbo‘yli yo‘lovchi uchun orqa qator noqulay bo‘lishi mumkin. Yukxonasi atigi 390 litr. Bu oilaviy sayohatlarda yoki katta yuklarda yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Arzonroq versiyalarda isitiladigan o‘rindiqlar yoki yon oynalar isitishi yo‘q. LT va LTZ versiyalarida panoramic lyuk va 360 kamera kabi qulayliklar ham taklif etilmaydi. Faqat yuqori Premier Plus komplektatsiyasida ayrim qo‘shimchalar mavjud. Kapot osti muhrlari sifati past, suv va chang kirishi mumkin. Kapot va yukxona eshigi gaz amortizatorsiz, qo‘lda ochiladi, og‘irroq. Kuzov paneli bo‘g‘imlarida kichik bo‘shliqlar bo‘lishi, sovuq havo kirishi mumkin.

Tracker kamida AI-95 benzin talab qiladi. 92 benzin uzoq muddatda detonatsiya xavfini oshirishi mumkin. Turbo dvigatel esa sovuqda ehtiyotkorlik bilan ishlatishni talab qiladi. Tracker orqa tormozlari barabanli, diskchalik samarali sovumaydi. Xavfsizlik yostiqchalari soni ko‘pi bilan 4 ta. Bu raqiblardan kamroq.

Chery Tiggo 7 Pro kamchiliklari

Chevrolet Tracker va Chery tiggo 7 Pro avtomobillari farqi qanday / Foto: Ochiq manbalar

Tiggo 7 Pro CVT uzatma bilan jihozlangan. Ba’zi bozorlarda dasturiy yangilash yoki nosozlik kuzatilgani aytilgan. O‘zbekistonda ham ayrim foydalanuvchilar korobka muammoli deya fikr bildirgan.

1.5 L turbo motor shaharda 12–13 l/100 km iste’mol qilishi mumkin. AI-95 va AI-98 benzini tavsiya etiladi, bu esa xarajatni oshiradi. Tezliksevar haydovchilar uchun yonilg‘i sarfi yanada yuqoriroq bo‘ladi.

Tiggo 18 dyuymli disklar va pastoprofilli shinalarga ega. Shuning uchun kichik notekisliklarda qattiqroq tuyulishi mumkin. Biroq og‘ir mashina sifatida katta zarbalarni nisbatan yumshoq yutadi.

Chery O‘zbekistonda yangi brend. Uzoq muddatli mustahkamligi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Ba’zi foydalanuvchilarda kuzovda korroziya dog‘lari kuzatilgan.

Tiggo 7 Pro tez narx yo‘qotishi mumkin. Bir-ikki yilda sotishda katta chegirma qilishga to‘g‘ri keladi. Bu esa tez-tez yangilashni rejalaganlar uchun noqulay.

Narxlar:

Chevrolet Tracker narxi:

ModelNarxi (so‘m)Chegirmadagi narxi (so‘m)
TRK LS PLUS215 951 360220 951 360
TRK LTZ PLUS229 108 480244 108 480
TRK PREMIER PLUS252 656 160272 656 160
TRK PREMIER PLUS wo C68250 696 160270 696 160
TRK REDLINE260 474 080282 474 080

Chery Tiggo 7 Pro narxi:

ModelNarxi (so‘m)
Luxury FWD286 900 000
Premium FWD320 000 000

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt va onix modellarini taqqoslagan edi.

Shuningdek