«Eksport uch qadamda» tizimi temir yo‘lda joriy etildi

eʼlon qilindi
To‘qqiz bosqichli jarayon uch bosqichga qisqardi
«Eksport uch qadamda» tizimi temir yo‘lda joriy etildi / Foto: Transport vazirligi

2025-yil 15-sentabrdan «Eksport uch qadamda» tizimi temir yo‘l orqali eksport qilinadigan tovarlarga ham to‘liq ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Avval to‘qqiz bosqichli bo‘lgan jarayon endi uch bosqichga qisqardi. Bu esa tadbirkorlarga yillik 15 – 20 mlrd so‘m xarajatni tejash imkonini beradi. Tizim eksport shartnomasi asosida bojxona deklaratsiyasi va invoyslarni avtomatik shakllantiradi hamda ma’lumotlarni soliq va boshqa idoralarga onlayn uzatadi.

Joriy yilning 8 oyida temir yo‘l orqali chiqarilgan eksport deklaratsiyalarining 5 foizi mazkur tizimda rasmiylashtirilgan. Shu davrda yukli vagonlar soni 516,4 mingdan oshib, o‘tgan yilga nisbatan 12 foizga ko‘paygan.

Ma’lumot uchun, tizim 2024-yil avval avtotransport va aviatransportda ishga tushirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Qozog‘istonga 900 mln kVt/soat elektr energiyasini eksport qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek