FIFA klublarga rekord darajadagi $355 million kompensatsiya to‘laydi

eʼlon qilindi
Bu oldingi turnirdagiga nisbatan qariyb 70% ko‘p hisoblanadi
FIFA klublarga rekord darajadagi $355 million kompensatsiya to‘laydi / Foto: ABC News

FIFA 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi futbolchilar uchun klublarga $355 mln miqdorida kompensatsiya to‘lashini e’lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Mazkur summa avvalgi turnirdagiga nisbatan qariyb 70 foizga ko‘pdir. Masalan, 2022-yilda Qatarda o‘tgan mundial uchun klublarga $209 mln ajratilgan edi.

Shuningdek, FIFA ilk bor futbolchilarni jahon chempionati saralash bosqichiga yuborgan klublarga ham kompensatsiya to‘lanishini ta’kidladi. Avval bu faqat final bosqichi uchun amal qilgan. Aniq summalar keyinchalik e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa qatnashadi, final esa Nyu-Jersidagi «MetLife Stadium»da o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev FIFA rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlagan edi.

Shuningdek