
Hukumat qarori bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ustavi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Ustavda markazning asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi. Markazning asosiy yo‘nalishlaridan biri — islom dinining insonparvarlik mohiyati va ma’rifiy-madaniy rolini ilmiy asosda tadqiq qilish hamda jamoatchilikka yetkazish hisoblanadi.
Markaz Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy va ularning izdoshlari merosini o‘rganish, aqida va kalom ilmlari bo‘yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, islomning ilm-ma’rifat va insoniylikka asoslangan mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkaziladi.
Markaz faoliyati Vasiylik kengashi orqali muvofiqlashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyati tartibga solingani haqida xabar bergan edik.