Yangiliklar

Milliy kadrlar zaxirasiga kirish tartibi qanday

Jarayon ikkki bosqichda amalga oshiriladi
Milliy kadrlar zahirasiga kirish tartibi / Foto: Boshqaruv samaradorligi agentligi

O‘zbekistonda milliy kadrlar zaxirasiga nomzodlarni saralash «hrm.argos.uz» elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Buning uchun prezident administratsiyasi va Boshqaruv samaradorligi agentligi xodimlari hamda davlat organi rahbaridan iborat maxsus ishchi guruh tuziladi.

Nomzodlar saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Birinchi bosqich — test sinovlari orqali bilim va shaxsiy psixologik xususiyatlarni aniqlash.
  2. Ikkinchi bosqich — kompetensiyalarni baholash, intervyu va muammoli vaziyatlarda yechim topish orqali nomzod salohiyatini aniqlash.

Maxsus ishchi guruh nomzodlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning lavozimga mosligi, bilim va rahbarlik salohiyatini baholaydi. Natijaga ko‘ra, nomzod rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilishi yoki kiritilmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Suhbatlar odatda olti oyda bir marta o‘tkaziladi.

Qarorga asosan nomzodlar «hrm.argos.uz» platformasida tasdiqlanadi va avtomatik ravishda «zaxira.argos.uz» tizimiga kiritiladi. Davlat organlari esa ushbu ma’lumotlarni doimiy yangilab borish mas’uliyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston tinch atom sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida yozgan edik.