
Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Namangan viloyatiga boradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Safar davomida davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va ijtimoiy sohalarda yangi ishga tushirilgan obyektlar bilan tanishishi kutilmoqda.
Shuningdek, prezident viloyatni kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi.
Safar doirasida «Kambag‘allikdan farovonlik sari» III xalqaro forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda davlat rahbari nutq so‘zlashi rejalashtirilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Bo‘stonliqdagi «Renessans» oromgohi faoliyati bilan tanishgani haqida yozgandi.