Ustyurt platosida yirik gaz koni aniqlandi — prezident

eʼlon qilindi
6,5 ming metr yer qa’rini burg‘ulash orqali
Ustyurt platosida yirik gaz koni aniqlandi — prezident / Foto: Advantour

Ustyurt platosi hududida 6,5 kilometr chuqurlikda yirik gaz koni topilgani haqida Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Avval respublikada neft-gaz ishlari 2,5–3 kilometr chuqurlikda olib borilgan edi. Davlat rahbari ta’kidlashicha, O‘zbekiston sanoati tarixida ilk bor 6 kilometrdan ortiq chuqurlikda quduq burg‘ulandi.

Mirziyoyev shuningdek, jahon sanoati lity va boshqa metallarni talab qilayotganini, hisob-kitoblarga ko‘ra, volfram, molibden, rux va titan zaxiralarining 15 foizigacha bo‘lgan qismi Markaziy Osiyoga to‘g‘ri kelishini qayd etdi.

«Yangi industrial davr – “to‘rtinchi sanoat inqilobi»ni amalga oshirish uchun dunyoda tellur, litiy, selen, grafit, molibden kabi texnologik minerallarga talab bir necha karra ko‘paymoqda. Tahlillarga ko‘ra, dunyodagi volfram, molibden, rux va titan zaxiralarining 10-15 foizi mintaqamizga to‘g‘ri keladi.”, — dedi prezident.

O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yetti oyida 25,3 milliard kub metr gaz qazib olindi. Yillik hisobda bu ko‘rsatkich 3,4 foizga kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga tegishli kompaniya Afg‘onistonda gaz koni ishlarini boshlagani haqida xarab berilgan edi.

Shuningdek