«Navbahor» futbol maktabi «Ayaks» futbol akademiyasi boshqaruviga beriladi

eʼlon qilindi
Uch yil muddatga
Shavkat Mirziyoyev / Foto: Preziden matbuot xizmati

16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari tashrif davomida yoshlar hayotida futbolning o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtaldi.

«Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o‘yin emas, bu — hayot tarzi. Har bir bola mahallada to‘p tepib katta bo‘ladi. «Navbahor»ning har bir o‘yini — shahar uchun katta bayram», dedi Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan muhim yangilik e’lon qilindi: yaqin kunlarda «Namangan» futbol maktabi uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur «Ayaks» akademiyasi boshqaruviga topshiriladi.

Kelishuvga ko‘ra, xorij klubidan 11 nafar murabbiy, skaut va metodist Namanganga tashrif buyurib, yosh futbolchilarning tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi.

Prezident ushbu hamkorlik tufayli kelajakda bu akademiyada dunyoning top klublarida o‘ynaydigan, jahon chempionatlarida o‘z mahoratini namoyon qiladigan ko‘plab futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilotlar toifasi joriy etilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek